1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

To‘yda zaharlanganlarning hozirgi ahvoli qanday?

Jomboydagi “Yakkasaroy” to‘yxonasini vakolatli organ bilan kelishuvga asosan tekshirish o‘tkazishga buyurtma berildi.

To‘yda zaharlanganlarning hozirgi ahvoli qanday?

 

Joriy yilning 26-may kuni Samarqand shahar Farhod qo‘rg‘onida joylashgan “Yakkasaroy” to‘yxonasida o‘tkazilgan sunnat to‘yi tadbirida qatnashganlardan 2022-yil 28, 29, 30-may kunlari jami 19 nafar fuqaroga “Ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yildi.

 

Xususan, Jomboy tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limiga Jomboy tuman “Olmazor” mahallasida yashovchi 11 nafar fuqaro, Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limiga “Yangiobod” mahallasida yashovchi 3 nafar fuqaro, Jomboy tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga qarashli “Zarafshon” QVPga “Olmazor” MFYda yashovchi 5 nafar fuqaro yotqizilgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Oshqozoni yuvilgan, tozalovchi huqna qilingan va bemorlardan olingan biomaterial namunalari laboratoriya tahlili uchun Jomboy va Bulung‘ur tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining bakteriologiya laboratoriyalariga yuborilgan. Bemorlarda dezintoksikatsion hamda simptomatik davo muolajalari o‘tkazilgan.

 

Dastlabki epidemiologik tekshiruv va surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, barcha bemorlarda 2022 yil 27 may kuni ertalabdan ko‘ngil aynish, qayd qilish, qorin sohasida og‘riq, ich ketish va tana haroratining ko‘tarilishi kabi bir xil klinik belgilar kuzatilgan.

 

Bemorlar va to‘y tadbiriga qatnashganlar bilan o‘tkazilgan surishtiruvlar kasallikning boshlanishi to‘y tadbirida isteʼmol qilingan go‘shtli assorti mahsulotlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi.

 

Bugungi kunda kasalxonadagi barcha bemorlarning ahvoli yaxshilandi. Davolash muolajalari muvofaqqiyatli yakunlanib, barcha bemorlarga javob berildi va ularning sog‘ligi kuzatuvga olingan.

 

“Yakkasaroy” to‘yxonasini vakolatli organ bilan kelishish tartibida tekshirish o‘tkazishga belgilangan tartibda buyurtma berildi.

 

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика