1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

To‘ydan keyin tomosha: Transport prokuraturasi voqea sodir bo‘lganidan 3 kun o‘tib uyg‘ondi

“Afrosiyob” poyezdi 18 bosh qo‘yni urib yubordi.

To‘ydan keyin tomosha: Transport prokuraturasi voqea sodir bo‘lganidan 3 kun o‘tib uyg‘ondi

 

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poyezdi nimanidir yoki kimnidir urib ketganmi?” nomli xabar tarqaldi

 

Aniqlanishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tez yurar yo‘lovchi poyezdi “Zirabuloq – Kattaqo‘rg‘on temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3816 km. 3-piketida temir yo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni urib yuborgan.

 

«Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda. 

 

Bugun internet olamida xabarning tarqalishi juda tez. Ammo matbuot xizmatlari, odatda, xabar tarqalib bo‘lgandan so‘nggina rasmiy izoh beradi. Jumladan, yuqoridagi xabar ham, aslida 11 noyabr kuni tongda sodir bo‘lgan. Bu haqda tegishli tashkilot mutasaddilari xabar topgani aniq. Ammo rasmiy munosabat oradan 3 kun o‘tib berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика