12-fevral kuni Uchtepa tumanining 15-kvartalida yashovchi 25 yoshli Gʻulomov Abbosxon Axrorxo‘jayevich uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarga ko‘ra, Abbos Gʻulomovning 12-fevral kuni to‘y marosim o‘tkazilishi rejalashtirilgan. U to‘y kuni ertalab uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Yaqinlarining aytishicha, uning telefonlari o‘chiq. To‘yga hamma tayyorgarlikni ko‘rishgan.
Bu bo‘yicha Toshkent shahar IIB qidiruv e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning bo‘yi 175-180 cm, sochlari qora va ko‘zoynak taqadi. Uyidan chiqib ketayotganda ustida qora kepka, qora charm kurtka va qora jinsi shim bo‘lgan.
“Agar sizda yuqoridagi shaxsning turarjoylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, – deyiladi IIB xabarida.


