1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp 90 kunda 90 ta savdo bitimini maqsad qilmoqda

Tramp global savdo faoliyatini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Tramp 90 kunda 90 ta savdo bitimini maqsad qilmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 90 kun ichida 90 ta savdo bitimi tuzishni maqsad qilgan. Bu haqda uning savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarni yuritishda AQSh moliya vaziri Skott Bessent, savdo bo‘yicha vakil Jeymison Grir va savdo vaziri Govard Lyutnik ishtirok etishi mumkin, biroq asosiy muzokarachilik rolini Trampning o‘zi bajaradi.

 

14-aprel kuni Yevropa Ittifoqining savdo bo‘yicha komissari Marosh Shefchovich boj tariflari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga keladi. Ammo ayni vaqtda moliya vaziri Bessent Argentinadagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buenos-Ayresda bo‘lishi rejalashtirilgan.

 

Ta’kidlanishicha, bunday ko‘lamdagi muzokaralarni bir vaqtning o‘zida o‘tkazish Tramp hukumati uchun juda katta yuk bo‘lishi mumkin. Sobiq savdo muzokarachisi Vendi Katler esa bu vazifani amalga oshirish moliyaviy bozorlarga ma’qul keladigan bitimlar tuzishni talab qilishini, bu esa oson emasligini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика