1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Baydenni Ukraina kompaniyasidan pora olganlikda aybladi

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan eʼlon qilingan ayblovlar “haqiqiy josuslik va haqiqiy jinoyatlardan” diqqatga chalg‘itishga urinishdir.

Tramp Baydenni Ukraina kompaniyasidan pora olganlikda aybladi

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning taʼkidlashicha, amaldagi Oq uy rahbari Jo Bayden vitse-prezident lavomida ishlagan paytida Ukrainaning “Burisma Holdings” energetika kompaniyasidan pora olgan. Tramp Nyu-Jersi shtatida tarafordorilari oldida chiqish qilayotib, shunday bayonot berdi.

 

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan eʼlon qilingan ayblovlar “haqiqiy josuslik va haqiqiy jinoyatlardan” diqqatga chalg‘itishga urinishdir.

 

“Keling, til biriktiramiz va hech kim besh million dollar miqdordagi pora haqida gapirmasligi uchun unga qarshi ayblov qo‘yamiz”, — dedi Tramp.

 

Shuningdek, siyosatchi avvalroq amerikalik senator Chak Grassli FQBda Baydenning Ukraina energetika kompaniyasidan pora olganligiga aloqador dalillar borligini aytganini eslatdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ammo FQB bu maʼlumotlarni oshkor qilmayapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика