AQSHda navbatdagi saylovoldi kampaniyasiga tayyorgarlik boshlandi. 2024 yilda amerikaliklar yangi prezidentni saylaydi.
Mamlakatning 45-prezidenti Donald Tramp Oq uyga qaytish niyati haqida e’lon qildi. Uning shtabi bu maqsadga erishish uchug maxsus hisob raqamlarida 112 mln dollar borligini ham ochiqladi.
Ammo bu mablag‘ prezidentlik poygasi uchun yetmasligi mumkin. Shuning uchun shtab Tramp bilan muloqot qilish va respublikachilar hisobini to‘ldirishni taklif qilmoqda.
Tramp va boshqa mashhur siyosatchilar ishtirokidagi marosim fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. U Mar-a-Lago klubida o‘tkaziladi. Hozio u yerda Trampning o‘zi yashaydi.
Bazmga borish narhlari ham e’lon qilindi. Tramp bilan rasmga tushishni kafolatlovchi chipta narhi 100 ming dollar, rasmga tushmaslik ikki baravar arzonga tushadi. Tramp bilan bir dasturxon atrofida o‘tirish 250 ming dollarga baholandi.
Ammo bu chiptalar faqat bazmda ishtirok etish uchun, tunda orolda qolishni istovchilar u yerda xona buyurtma qilishi kerak.
Sobiq prezident Donal Tramp yozdayoq keyingi prezidentlik saylovida ishltirok etish istagini bildirgan edi.


