1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Garvarddan 1 milliard dollar kompensatsiya talab qilmoqda

Oq uy Garvardni antisemitizmga qarshi yetarli choralar ko‘rmaganlikda ayblamoqda.

Tramp Garvarddan 1 milliard dollar kompensatsiya talab qilmoqda

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetidan 1 milliard AQSH dollari miqdorida kompensatsiya talab qilayotganini maʼlum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

 

Tramp maʼmuriyati avvalroq Garvardni universitet hududida antisemitizmga qarshi yetarli choralar ko‘rmayotganlikda ayblagan. Prezidentning taʼkidlashicha, Garvard rahbariyati masʼuliyatdan qochish maqsadida turli tashabbuslarni ilgari surgan, biroq ular Oq uy tomonidan asossiz deb topilgan.

 

“Biz ilgari 500 million dollardan ortiq kelishuvni muhokama qilgan edik, biroq bu yetarli emas. Endilikda 1 milliard dollar miqdorida kompensatsiya talab qilamiz va Garvard bilan kelgusida hech qanday aloqada bo‘lishni istamaymiz”, — deb yozdi Tramp.

 

Prezident, shuningdek, ushbu masala fuqarolik emas, balki jinoyat qonunchiligi doirasida ko‘rib chiqilishi lozimligini taʼkidladi hamda universitetni “chuqur antisemitizm”da va “qonunni qo‘pol ravishda buzish”da aybladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yil mart oyida Oq uy ayrim Amerika universitetlarini yahudiy talabalarning xavfsizligini taʼminlamayotganlikda ayblab, moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qilgan. Garvard rahbariyati esa kadrlar va taʼlim siyosatiga oid talablarni ochiqchasiga rad etgan.

 

Avvalroq Tramp maʼmuriyati Garvardga ajratilgan 2,2 milliard dollarlik grantlar va 60 million dollarlik uzoq muddatli shartnomalarni muzlatib qo‘ygani maʼlum qilingan. Shuningdek, universitetning xorijiy talabalarni qabul qilishi ham vaqtincha cheklangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика