1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tramp G‘azo sektoriga egalik qilishni rejalashtirmoqda

Bu takliflar xalqaro maydonda katta munozaralarga sabab bo‘ldi.

Tramp G‘azo sektoriga egalik qilishni rejalashtirmoqda

Trampning ta’kidlashicha, AQSh G‘azo sektorini nazoratga olib, uni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, bu hududni buzib, qayta qurish kerak va HAMASning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shuningdek, Tramp G‘azoni dunyodagi eng xavfli joylardan biri deb atab, uni kelajakda rivojlanish uchun juda yaxshi joyga aylantirishni va’da qildi.

 

Trampning rejasi G‘azo aholisini boshqa arab davlatlariga ko‘chirishni nazarda tutadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chirilgan falastinliklar G‘azoga qaytishni xohlamaydi va ularga xavfsizroq joylarda yangi uy-joylar taqdim etiladi. Biroq, bu rejalar xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya, Eron va Braziliya kabi davlatlar falastinliklarning majburiy ko‘chirilishiga qarshi chiqishdi. Avstraliya, Rossiya va Xitoy esa ikki davlat yechimini yagona yo‘l deb bilishadi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish har qanday etnik tozalash shaklidan qochish muhimligini ta’kidladi.

 

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos esa BMTga murojaat qilib, falastinliklarning huquqlarini himoya qilishni so‘radi va Trampning rejasi xalqaro huquqning jiddiy buzilishi bo‘lishini aytdi.

 

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning G‘azoni sotib olish haqidagi bayonoti ko‘plab savollarni keltirib chiqarishini va rejani batafsil o‘rganish kerakligini bildirdi.

 

Trampning bu takliflari xalqaro maydonda katta munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика