1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Kanadaning Tinchlik Kengashiga taklifini bekor qildi

Qaror Karnining AQSH siyosatiga tanqidiy bayonotlari ortidan qabul qilindi.

Tramp Kanadaning Tinchlik Kengashiga taklifini bekor qildi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada Bosh vaziri Mark Karnining o‘zi tashabbuskor bo‘lgan “Tinchlik Kengashi” tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha taklifnomasi bekor qilinganini maʼlum qildi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida eʼlon qildi deydi RBK.

 

“Ushbu xat orqali Tinchlik Kengashi sizni Kanadaga tegishli eng nufuzli yetakchilar kengashi aʼzosi sifatida taklif qilish qarorini qaytarib olganini maʼlum qilamiz”, — deb yozgan Tramp Mark Karniga yo‘llagan bayonotida.

 

Mazkur qaror Kanada Bosh vazirining avvalroq bildirgan bayonotlari fonida qabul qilingan. Xususan, Mark Karni Davosda o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqib, kichik va o‘rta davlatlar omon qolish uchun AQSH prezidenti bilan “yaqinlashishga majbur emas”, balki o‘zaro birlikda harakat qilishi zarurligini taʼkidlagan edi.

 

Shuningdek, Karni hozirgi global vaziyatni “kuchlilar istaganini qiladigan, kuchsizlar esa o‘z huquqlarini talab qilishga majbur bo‘lgan davr” sifatida baholab, qoidalarga asoslangan xalqaro tartib zaiflashganini qayd etgan.

 

The New York Times nashrining yozishicha, Tramp va Karni o‘rtasidagi munosabatlar avvaliga nisbatan barqaror bo‘lganiga qaramay, AQSH prezidentining ikkinchi muddati boshida Kanadaga nisbatan savdo tariflari joriy etilgani ikki tomonlama aloqalarda keskinlikni kuchaytirgan. Shuningdek, Trampning Kanadani “AQSHning 51-shtati” sifatida tilga olishi ham Ottavada xavotirlarga sabab bo‘lgan.

 

Mazkur jarayonlar fonida Kanada hukumati AQSH bozoriga qaramlikni kamaytirish maqsadida boshqa davlatlar, jumladan Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga intilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика