1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Kuba bilan bog‘liq vaziyat sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi

AQSH Prezidentining fikricha, Gavana AQSHga dushman deb hisoblangan davlatlar — Rossiya, Xitoy, Eron, shuningdek Hamas va Hizbulloh kabi transmilliy guruhlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Tramp Kuba bilan bog‘liq vaziyat sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi

 

Oq uy tomonidan eʼlon qilingan ijro farmonida qayd etilishicha, Kuba Respublikasidagi vaziyat AQSH milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga “g‘ayrioddiy va favqulodda tahdid” sifatida baholanmoqda. Bu haqda Ria novosti nashri xabar berdi.

 

Farmonda Prezident Donald Tramp Kuba hukumati Qo‘shma Shtatlarga zarar yetkazuvchi va xavf tug‘diruvchi choralar ko‘rayotganini taʼkidlagan. Uning fikricha, Gavana AQSHga dushman deb hisoblangan davlatlar — Rossiya, Xitoy, Eron, shuningdek Hamas va Hizbulloh kabi transmilliy guruhlar bilan hamkorlik qilmoqda.

 

Hujjatda qayd etilishicha, milliy favqulodda holat doirasida yangi tarif tizimi joriy etilishi mumkin. Unga ko‘ra, Kubaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita neft yetkazib beruvchi davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha bojlar qo‘llash nazarda tutilmoqda.

 

Donald Trampning taʼkidlashicha, Venesueladan neft yetkazib berish to‘xtatilganidan so‘ng Kuba iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga tushgan. AQSH rahbari orol davlati hozirda yoqilg‘i va moliyaviy resurslar bo‘yicha cheklangan holatda ekanini va “qulash arafasida” turganini bildirgan.

 

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham Qo‘shma Shtatlar Kubada siyosiy o‘zgarishlar bo‘lishidan manfaatdor ekanini aytib, avtokratik boshqaruvdan voz kechish Vashington manfaatlariga mos kelishini taʼkidlagan.

 

Mazkur farmon bilan AQSH Kubaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy bosim choralarini kuchaytirish imkoniyatini o‘zida saqlab qolmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика