1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp maxfiy hujjatlarni saqlashga to‘liq huquqi borligini aytdi

Trampga sudni garov pulisiz tark etishga ruxsat berildi.

Tramp maxfiy hujjatlarni saqlashga to‘liq huquqi borligini aytdi

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Mayamidagi federal sud binosida hibsga olindi va maxfiy hujjatlar bilan noto‘g‘ri ishlashda ayblanib, sudga tortildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

 

Bu sudya tomonidan ayblov eʼlon qilinishidan oldingi rasmiy jarayon, shuning uchun sobiq prezidentning qo‘liga kishan solinmagan, deya taʼkidlagan telekanal.

 

O‘z aybiga iqror bo‘lish Trampga prokuratura bilan kelishuvga erishish va yengilroq jazoga tortilish imkonini berar edi. Biroq u Mayami sudida maxfiy hujjatlar bilan noto‘g‘ri ishlashda aybdor emasligini aytgan.

 

Tramp o‘z aybiga iqror bo‘lmagani uchun ish qaytadan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

 

Florida janubiy okrugi sudining elektron maʼlumotlar bazasiga joylashtirilgan ayblov xulosasiga ko‘ra, AQSH huquq-tartibot idoralari Tramp va uning yordamchisi Uolt Nautaga 38 Ta band bo‘yicha ayblov qo‘ygan.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning sobiq prezidenti joriy yilning 4 aprel kunida ham hibsga olingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика