Tramp AQShga tahdid soladigan "Musulmon birodarlari" harakatining Livan, Iordaniya va Misrdagi boʻlinmalarini terrorchi tashkilot deya e'lon qildi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga koʻra, bu qaror AQSh xavfsizligiga tahdid solayotgan tuzilmalariga qarshi dastlabki qadam hisobpanadi.
Vashington bu tuzilmalar terrorizm bilan shug‘ullanishi yoki uni qo‘llab-quvvatlashi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va tashkiliy resurslardan mahrum etilishini aytmoqda.
"Davlat departamenti Livandagi “Musulmon birodarlar” bo‘limini xorijiy terrorchi tashkilot (FTO) va Maxsus belgilangan global terrorchi (SDGT) deb tan oldi. Shuningdek, ushbu guruh yetakchisi Muhammad Favziy Taqqosh ham SDGT ro‘yxatiga kiritildi. Bir vaqtda AQSh Moliya vazirligi Misr va Iordaniyadagi “Musulmon birodarlar” bo‘limlarini HAMASga moddiy yordam ko‘rsatganlikda ayblab, ularni ham SDGT sifatida belgiladi", – deyiladi Oq uy xabarida.
AQSh hukumati “Musulmon birodarlar” bo‘limlariga qarshi kurashda mavjud bo‘lgan barcha huquqiy, moliyaviy va siyosiy vositalardan foydalanishini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, ushbu choralar terrorizmga qarshi global sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘lib, AQSh o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashda qat’iy pozitsiyada qoladi.


