1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Nigeriyaga qo‘shin yuborishi mumkin

AQSh prezidenti Nigeriyadagi vaziyatni keskin tanqid qilib, Mudo­faa vazirligiga ehtimoliy harbiy choralar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rsatmasi berganini ma’lum qildi.

Tramp Nigeriyaga qo‘shin yuborishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Nigeriya hukumatini mamlakatda nasroniy aholiga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklarni to‘xtatishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, vaziyat bartaraf etilmasa, Amerika hukumati Nigeriyaga ko‘rsatilayotgan yordamni darhol to‘xtatishi mumkin.

 

Tramp o‘z bayonotida Nigeriya hukumatining nasroniylarga qarshi hujumlarga yetarli darajada munosabat bildirmayotgani haqida qayd etgan. “Agar hukumat nasroniylar o‘ldirilishiga ko‘z yumishda davom etsa, AQSh barcha yordamni bekor qiladi va zarurat tug‘ilganda, islom radikallari tahdidini bartaraf etish uchun qo‘shin yuborishni ko‘rib chiqadi”, — deyiladi bayonotda.

 

AQSh rahbari Nigeriyada shakllangan vaziyatni “keskin choralarni talab qilayotgan jiddiy muammo” deb atadi. Shuningdek, u Mudo­faa vazirligiga ehtimoliy harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика