1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp o‘z sahifasida Barak Obamaning maymun qiyofasidagi videosini joylashtirib, keyin o‘chirib tashladi

Qo‘shma Shtatlarda ko‘pchilik buni irqchilikka ishora sifatida qabul qildi.

Tramp o‘z sahifasida Barak Obamaning maymun qiyofasidagi videosini joylashtirib, keyin o‘chirib tashladi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida AQSHning 44-prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishelni maymun sifatida tasvirlangan videoni joylashtirdi. Videoda 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridagi Trampning mag‘lubiyatini rad etish va soxta saylov daʼvolari takrorlangan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Videoning oxirida “The Lion Sleeps Tonight” qo‘shig‘i bilan birga, Obama va uning rafiqasining yuzlari maymunlarga tushirilgan lavha namoyish etildi. Ushbu post nafaqat demokrat siyosatchilar, balki ayrim respublikachilar orasida ham tanqidga sabab bo‘ldi.

 

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt videoni himoya qilib, tanqidni “soxta g‘azab” deb atadi va Amerika jamoatchiligi diqqatini haqiqatan muhim masalalarga qaratishni tavsiya qildi.

 

Videoni joylashtirishdan keyin, sobiq prezident Obama matbuot kotibi orqali izoh bermadi, ammo The NeW York Times videoni tarixiy irqchi stereotiplarni davom ettiruvchi lavha sifatida baholadi. Senator Tim Skott esa postni “eng irqchi narsa” deb atab, Trampni videoni o‘chirishga chaqirdi.

 

Keyinchalik Tramp o‘z postini o‘chirib tashladi, biroq bu holat AQSH siyosiy maydonida yangi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика