1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tramp O’zbekistonga kelishi mumkin

Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi ma’lum qildi.

Tramp O’zbekistonga kelishi mumkin

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrifi chog‘ida Donald Tramp nomiga prezident Shavkat Mirziyoyevdan rasmiy taklif yetkazildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik ma’lum qildi.

 

"Tramp ma’muriyati bu taklifdan mamnun bo‘ldi va uni jiddiy ko‘rib chiqmoqda", — dedi elchi 24-aprel kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda. “O‘ylaymanki, hozir AQSh prezidentining Markaziy Osiyoga tashrif buyurishi uchun eng to‘g‘ri vaqt,” — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Shuningdek, Xenik “C5+1” sammiti doirasida ham bu tashrif amalga oshishi mumkinligini istisno qilmadi. AQSh prezidenti hali-hanuzgacha Markaziy Osiyoga rasmiy safar qilmaganini inobatga olsak, bu tashrif tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика