1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Qozog‘iston mahsulotlariga 25 foiz boj joriy qilmoqchi — To‘qayevdan rasmiy javob

Prezident ikki davlat o‘rtasida adolatli savdo aloqalarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Tramp Qozog‘iston mahsulotlariga 25 foiz boj joriy qilmoqchi — To‘qayevdan rasmiy javob

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AQSh prezidenti Donald Trampning Qozog‘iston mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etilishi haqidagi xatiga rasmiy javob yo‘lladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati — Oqorda ma'lum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, To‘qayev o‘z maktubida Qozog‘iston AQShning uzoq yillik savdo va investitsiya hamkori sifatida ikki davlat o‘rtasida adolatli va o‘zaro manfaatli savdo munosabatlarini rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, Qozog‘iston yetakchisi savdo masalalariga oqilona yechim topish uchun konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan va tomonlar murosaga erishishiga ishonch bildirgan.

 

Avvalroq, 2025-yil 7-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator mamlakatlar rahbarlariga 1-avgustdan kuchga kiradigan yangi boj stavkalari haqida xat yo‘llagan edi. Shulardan biri — Qozog‘iston prezidenti To‘qayev ham mazkur ro‘yxatda bo‘lgan.

 

Tramp maktubida Qozog‘istondan olib kiriladigan ayrim mahsulotlarga qo‘shimcha 25 foizlik bojlar joriy etilishi kutilayotgani bildirildi.

 

Qozog‘iston Savdo vazirligi vakillari AQSh tomoniga muqobil takliflar taqdim etganini ma’lum qildi. Rasmiylarga ko‘ra, boj stavkalari Qozog‘istonning AQShga eksportining 95 foiziga ta’sir qilmaydi. Xususan, neft, uran, kumush, ferroqotishmalar, tantal va titan kabi asosiy mahsulotlar ushbu ro‘yxatga kirmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика