AQSH prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida dushanba, 14 iyul kuni Rossiyaga oid muhim bayonot berishini vaʼda qildi, biroq bu bayonot nima haqida bo‘lishini ochiqlamadi.
“O‘ylashimcha, dushanba kuni Rossiya bo‘yicha muhim bayonotim bo‘ladi", — dedi prezident.
So‘nggi kunlarda Donald Tramp Rossiya, Ukraina va urushga bo‘lgan munosabati o‘zgarganini kamida uch marta ko‘rsatdi: u Putinning xatti-harakatlaridan juda norozi ekanini aytdi hamda uni “insonlarni faqat o‘ldirishni davom ettirmoqchi bo‘lgan shaxs” deb atadi.
“Putindan faqat har xil bemaʼni gaplarni eshityapman”, dedi Tramp va AQSH yana Ukrainani qurol-yarog‘ bilan taʼminlashini bildirdi.


