AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rahbari o‘rinbosari Margo Martin sobiq prezidentning suiqasddan so‘ng AQSH aeroportlaridan biriga yetib kelgani aks etgan videoni eʼlon qildi.
“Kuchli va chidamli, u AQSH uchun kurashni hech qachon to‘xtatmaydi”, deb yozgan Martin X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eʼlon qilingan video tasvirlarda Nyu-Jersiga samolyotda yetib borgan Trampning ahvoli yaxshi ekanligini ko‘rish mumkin. Sobiq prezidentni aeroportda uning shaxsiy xavfsizlik xizmati va AQSH Maxfiy xizmatining qurolli xodimlari kutib oldi.


