1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp umrbod Tinchlik kengashi raisi bo'lishi mumkin — Bloomberg

AQSh prezidentining Tinchlik Kengashidagi roli prezidentlik muddati bilan cheklanmasligi mumkin.

Tramp umrbod Tinchlik kengashi raisi bo'lishi mumkin — Bloomberg

 

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z vakolat muddati yakunlangach ham “Tinchlik Kengashi” raisi lavozimida qolishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi AQSh ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp iste’foga chiqqunga qadar Kengashga raislik qiladi. Shundan so‘ng esa AQShning keyingi prezidenti ushbu organ tarkibiga AQShning rasmiy vakilini tayinlash huquqiga ega bo‘ladi. Nashr ta’kidlashicha, Trampning tashkilotga uzoq muddat, ehtimol umrbod rahbarlik qilishi ehtimoli G7 yetakchilari uchun qo‘shimcha siyosiy murakkabliklar tug‘dirishi mumkin.

 

“Tinchlik Kengashi”ni tashkil etish tashabbusi Donald Tramp tomonidan joriy yil yanvar oyida rasman e’lon qilingan. Dastlabki konsepsiya esa 2025-yil noyabr oyida taqdim etilgan edi. O‘sha paytda BMT mazkur g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lib, Kengash G‘azo sektorini qayta tiklash bo‘yicha moliyaviy jarayonlarni muvofiqlashtirishi kutilgan.

 

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 58 nafar yetakchisiga “Tinchlik Kengashi”ga qo‘shilish bo‘yicha taklifnoma yuborilgan. Ular orasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bor. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Moskva nizom loyihasini qabul qilib olgan va hujjat keng vakolatlarga ega ekanini qayd etgan.

 

Bloomberg’ning aniqlik kiritishicha, AQSh ma’muriyati shartlariga ko‘ra, Kengashning doimiy a’zosi bo‘lish uchun har bir davlat kamida 1 milliard AQSh dollari miqdorida badal to‘lashi lozim. Qarorlar har bir davlatdan bittadan ovoz asosida ko‘pchilik tomonidan qabul qilinadi, biroq yakuniy tasdiq rais vakolatiga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика