Kuni kecha Oq uyda Amerika va Ukraina rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Unda ikki davlat yetakchilari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va Zelenskiy muddatidan oldin mamlakatni tark etgan.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, munozara Ukraina prezidenti AQSHdan xavfsizlik kafolatlari talab qilganidan so‘ng boshlangan.
Bunga javoban Tramp va Vens Zelenskiyga “Siz AQSHga nisbatan hurmatsizlik qilyapsiz va Amerikaga nimani his qilishi kerakligini buyurishga haqli emassiz”, deb javob bergan.
“Siz dunyoni 3-jahon urushi xavfiga yetaklayapsiz. Siz urush boshlanganidan beri og‘ir ahvoldasiz. Siz bizdan minnatdor bo‘lishingiz kerak”, – deya qo‘shimcha qilgan AQSH rahbari.
Tortishuvdan so‘ng Zelenskiy Oq uyni rejalashtirilgan vaqtdan oldin tark etdi. Shu sababli ikki davlat rahbari ishtirokidagi matbuot anjumani bekor qilindi.


