1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Tramp Xitoyni koronavirus paydo bo‘lishiga sababchi ekanini aytib, 60 trillion dollar tovon to‘lashni talab qilmoqda

Tramp Si Szinpinni “qotil” deb atadi.

Tramp Xitoyni  koronavirus paydo bo‘lishiga sababchi ekanini aytib, 60 trillion dollar tovon to‘lashni talab qilmoqda

 

"Xitoy koronavirusni paydo qilgani uchun butun dunyoga 60 trillion dollar tovon to‘lashi kerak bo‘ladi. Men bilaman Xitoyning bu kompensatsiyalarni to‘lash uchun yetarli mablag‘i yo‘q. Lekin butun dunyo 60 trillion dollarga yaqin zarar ko‘rdi. Shu sabab tovon to‘lashi kerak deb hisoblayman" dedi AQSHning sobiq prezidenti.

 

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dunyoga dahshatli ofat keltirgan. Shu bilan birga, siyosatchi o‘z so‘zlarini tasdiqlovchi hech qanday dalil keltirmagan.

 

"Ular bu kasallikni oldini olish uchun endi nimadir qilishi kerak. Keltirgan bu ofatning oxiri yo‘qdek", — dedi Tramp.

 

Tramp Si Szinpinni “qotil” deb atagan jurnalistning so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi.

 

“U qotil, lekin pandemiya boshlanishidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman" — dedi sobiq prezident.

 

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSHga koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisobot yuzasidan norozilik bildirgani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика