1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp yadroviy urushning oldini olishga chaqirdi

U yadroviy qurollarning tarqalishiga qarshi chiqdi.

Tramp yadroviy urushning oldini olishga chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy quroldan foydalanish hamda yadroviy qurolga ega davlatlar sonining ortishini nomaqbul deb hisoblaydi.

 

U Florida shtatining Mayami shahrida Saudiya Arabistoni tomonidan tashkil etilgan investitsiya forumida chiqish qilib, AQSh Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kerakligini ta’kidladi.

 

U o‘zining prezidentlik davrida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha samarali muloqot o‘rnatganini aytdi. Shuningdek, Xitoy bilan ham bu masala yuzasidan kelishuvga erishish niyatida bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

 

Tramp yadroviy davlatlar yetakchilari bu quroldan foydalanish mumkin emasligini chuqur tushunadigan odamlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика