1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp yana 5 ta yangi davlat fuqarolari uchun AQSHga kirishni taqiqladi — ro'yxatda O'zbekiston bormi?

Qo'shma Shtatlarga to‘liq va qisman kirishi taqiqlangan mamlakatlar soni 39 taga yetdi.

Tramp yana 5 ta yangi davlat fuqarolari uchun AQSHga kirishni taqiqladi — ro'yxatda O'zbekiston bormi?

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda 16-dekabr kuni Oq uy rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi deydi meduza nashri.

 

Qarorga ko‘ra, Burkina-Faso, Mali, Niger, Janubiy Sudan va Suriya fuqarolari uchun AQShga kirish to‘liq taqiqlangan. Shuningdek, Falastin ma’muriyati tomonidan berilgan hujjatlarga ega shaxslarga nisbatan ham cheklovlar joriy etildi. Shu tariqa, to‘liq kirish taqiqlangan mamlakatlar soni 17 taga yetdi.

 

Bundan tashqari, AQSh rasmiylari fuqarolari uchun qisman kirish cheklovlari qo‘llaniladigan davlatlar ro‘yxatini ham kengaytirdi. Endilikda ushbu ro‘yxatga Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Kot-d’Ivuar, Dominika, Gabon, Gambiya, Malavi, Mavritaniya, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya, Tonga, Zambiya va Zimbabve kiritilgan.

 

Tramp ma’muriyati mazkur qarorlarni ushbu mamlakatlarda korrupsiya darajasining yuqoriligi hamda soxta hujjatlar bilan bog‘liq xavflar mavjudligi bilan izohladi.

 

Avvalroq, Donald Tramp Afg‘oniston va Eronni o‘z ichiga olgan 12 mamlakat fuqarolari uchun AQShga kirishni taqiqlovchi farmonni imzolagan, Kuba, Venesuela va Turkmaniston kabi yana yetti davlat fuqarolari uchun esa qisman cheklovlar joriy etilgan edi.

 

Shuningdek, noyabr oyida Oq uy cheklovlar joriy qilingan davlatlardan kelgan 19 mamlakat fuqarolarining doimiy yashash hujjatlari — “yashil karta”larni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilayotganini e’lon qilgan. Donald Tramp bundan tashqari “uchinchi dunyo mamlakatlari”dan immigratsiyani keskin cheklash niyatida ekanini bildirgan.

 

Mazkur choralar noyabr oyi oxirida AQSh bilan ilgari hamkorlik qilgan Afg‘oniston fuqarosi tomonidan Oq uy yaqinida Milliy gvardiya askarlariga qarata o‘q uzilishi ortidan e’lon qilingan. Ushbu hodisa oqibatida askarlardan biri halok bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика