1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampga Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi

Tramp 2020-yilgi saylovda Baydenga yutqazganini bilgan, biroq hokimiyatda qolishni xohlagani uchun oʻzining gʻalabasi haqida yolgʻon daʼvolarni tarqatgan va natijalarni aniqlash jarayoniga aralashishga uringanlikda ayblanmoqda.

Trampga Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi

 

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga bostirib kirish bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilindi. Bu maxsus mustaqil maslahatchi Jek Smit tomonidan e'lon qilingan hujjatdan ma'lum bo'ldi. Federal Katta hakamlar hay'ati ayblovni qo'llab-quvvatlash uchun ovoz bergan.

 

Qayd etilishicha, Tramp to‘rtta moddada ayblanmoqda: davlatni aldash maqsadida fitna uyushtirish, rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilish, rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilishga urinish va huquqlarni buzish uchun til biriktirish. Prokurorlarga ko‘ra, Tramp o‘zining Jo Bayden ustidan g‘alaba qozongani haqidagi ayblovlar yolg‘on ekanligini bilgan, biroq u bu harakatlari bilan Amerika jamiyatida “ishonchsizlik va g‘azabning keskin muhitini” yaratish va “saylov jarayoniga jamoatchilik ishonchini susaytirish” uchun amalga oshirgan, deya xabar beradi Reuters.

 

Hujjatda Tramp, prokurorlarga ko‘ra, saylovda “mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, hokimiyatda qolishga qat’iy qaror qilgani” ochiq aytiladi, deb yozadi The New York Times.

 

Bundan tashqari, sobiq prezident bilan birga ism-shariflari oshkor etilmagan olti kishi, jumladan, advokatlar “soxtalashtirish haqidagi asossiz da’volarni tarqatganlik” uchun ayblangan. Ayblov xulosasida Smitning ta'kidlashicha, Tramp bu chiqishlarni "aqldan ozgan" deb atagan, lekin ularni tarqatishda ishtirok etgan.

 

Shuningdek, nashrning yozishicha, 3-avgust kuni Tramp Vashington politsiyasiga taslim bo‘lishi va ehtiyot chorasini belgilovchi sudya huzuriga chiqishi kerak.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика