AQSH federal sudi prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinishda aybdor deb topilgan 59 yoshli Rayan Routni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Unga qo‘shimcha ravishda o‘qotar qurol bilan bog‘liq jinoyat uchun yana 7 yil majburiy jazo tayinlandi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Rout 2025 yil sentyabr oyida hakamlar hayʼati tomonidan bir nechta og‘ir ayblovlar, jumladan, qotillikka urinish, noqonuniy qurol saqlash hamda federal xodimlarga to‘sqinlik qilish bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Tergov materiallariga ko‘ra, u Tramp bo‘lgan golf maydonchasi yaqinida qurol bilan yashiringan holda aniqlangan. Gumonlanuvchi voqea joyidan o‘q uzmasdan qochib ketgan, keyinchalik huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud jarayonida ayblanuvchi o‘ldirish niyatini rad etib, yengilroq — 27 yillik qamoq jazosini so‘ragan, biroq sud bu talabni rad etgan.


