1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampning prezidentlik saylovida Baydenni mag‘lub etishga ishonchi komil

Sobiq AQSH yetakchisi o‘z imkoniyatini baholadi.

Trampning prezidentlik saylovida Baydenni mag‘lub etishga ishonchi komil

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Jo Baydenni mag‘lub etish imkoniyati 100 foizga yaqin ekanligiga ishonishini aytdi.

 

Tramp, shuningdek, respublikachilar orasida u bilan raqobatlasha oladigan hech kimni ko‘rmayotganini aytdi.

 

AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. Tramp 2022 yil noyabrida prezidentlik uchun kurashga kirishishini eʼlon qildi. Bayden esa aprel oyida saylov kampaniyasi veb-saytini ishga tushirish orqali ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini rasman eʼlon qildi. Agar u qayta saylanishga muvaffaq bo‘lsa, ikkinchi prezidentlik muddati boshida u 82 yoshga to‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика