1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampning qo‘lida qancha maxfiy material qolgani maʼlum bo‘ldi

Sobiq prezidentning uyi 9-avgust kuni tintuv qilingandi.

Trampning qo‘lida qancha maxfiy material qolgani maʼlum bo‘ldi

 

Donald Tramp o‘zining Mar-a-Lagodagi qarorgohida eng kamida 300 ta maxfiy hujjat saqlagan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, 150 ta hujjatni sobiq prezident yanvarda AQSH arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasiga bergan. Qolgan materiallar adliya vazirligiga taqdim etilgan.

 

Hozirda Trampning qo‘lida 26 quti hujjatlar qolgan. Ulardan 11 to‘plamini maxfiy materiallar tashkil etadi, bittasi esa "o‘ta maxfiy" grifi ostida saqlanadi. Hukumat ixtiyoriga qaytgan maʼlumotlar Markaziy razvedka boshqarmasi, milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruv byurosiga tegishli.

 

Maʼlumot o‘rnida: Donald Tramp avgust oyi boshida AQSHning Federal qidiruv byurosi xodimlari uning Mar-a-Lagodagi mulkiga reyd uyushtirib, seyfini buzib ochishganini maʼlum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика