1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampning uyi tintuv qilindi

Sobiq prezident uni hech kim tintuv haqida ogohlantirmaganini aytmoqda.

Trampning uyi tintuv qilindi

 

Donald Tramp dushanba kuni AQSHning Federal qidiruv byurosi xodimlari uning Mar-a-Lagodagi mulkiga reyd uyushtirib, seyfini buzib ochishganini maʼlum qilgan.

 

Tintuvdan maqsad “Kapitoliyga bostirib kirish” bilan bog‘liq hujjatlarni topish edi.

 

Agentlar Tramp Oq uydan Mar-a-Lagoga olib ketgani aytilgan 15 quti maxfiy hujjatlarni qidirayotgan edi.

 

FQB maʼlumotlariga ko‘ra, Tramp nafaqat ayblarini fosh qiluvchi bir qancha hujjatlarni to‘plagan, balki ularni bir yarim yil davomida uyida saqlab kelgan.

 

AQSH Adliya vazirligi tintuv haqida izoh berishdan bosh tortdi.

 

Sobiq prezidentning voyaga yetgan farzandlaridan biri Erik Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Oq uydan o‘zi bilan olib kelgan hujjatlar qutilarini tintuv qilish haqida gapirib otasi bu borada Milliy arxiv bilan bir necha oydan beri hamkorlik qilib kelayotganini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика