1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tugadi: Germaniya omborlarida qurollar kam qolganligi maʼlum bo‘ldi

Shu sabab Berlin Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berolmasligi mumkin.

Tugadi: Germaniya omborlarida qurollar kam qolganligi maʼlum bo‘ldi

 

Bundesver omborlarida qurollar soni sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok maʼlum qildi.

 

Berbokning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainaga qurol yetkazib berishni qiyinlashtiradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, logistika, taʼmirlash va qurollardan foydalanishni o‘qitish tizimi masalasi ham og‘irlashgan.

 

“Biz shu kunga qadar yetkazib bermagan tizimlarimizni ko‘rib chiqmoqdamiz. Ammo bundesverning o‘zida ular juda kam qolgan”, – degan diplomat.

 

Bundan tashqari Berbok yetkazib beriladigan qurollar qanchalik eski bo‘lsa, uning logistikasi va foydalanish tizimi shunchalik qiyin bo‘ladi. Shu bilan birga Germaniya TIV rahbari bu Kiyevning iltimosi inkor etilishini anglatmasligini va Yevroittifoq, NATO va “katta yettilik”dagi hamkorlar bilan birga ko‘rib chiqilishi lozimligini aytgan.

 

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya bilan nizoni hal etishda diplomatiya foyda bermasligini maʼlum qilgandi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика