1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tunneldagi shilqim erkak sanʼatkor bo‘lib chiqdi

Bir necha kun oldin Toshkent shahridagi yerosti yo‘laklaridan birida begona qizga shilqimlik qilib, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan erkakning shaxsi aniqlanib, jazoga tortildi. Maʼlum bo‘lishicha, u poytaxtdagi teatrlardan birida faoliyat yuritadi.

Tunneldagi shilqim erkak sanʼatkor bo‘lib chiqdi

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yerosti tunnelidan o‘tayotgan qizga begona erkak jinsiy aʼzosini ko‘rsatib shahvoniy shilqimlik qilgani aytilgan videomurojaat tarqalgandi. Bu esa tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

 

 

Mazkur murojaatdan so‘ng Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi va nomaʼlum shaxs topildi. Aniqlanishicha, holat 6 yanvar kuni taxminan soat 18.50 larda Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida yuz bergan. Nomaʼlum erkak yerosti yo‘lida1996 yilda tug‘ilgan qizga nisbatan uyasiz buzuq harakat sodir etgan va voqea joyidan ketib qolgan. U 1993 yilda tug‘ilgan V.Andrey bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

 

Renessans telekanali “Ovoza” informatsion dasturida aytilishicha, erkak Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrida sanʼatkor bo‘lib ishlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1,5 litrdan ortiq ichimlik uni shu holga keltirgan. Erkak qizni qo‘rqitganini ham, qanday harakatlar qilganini ham anglamaganini aytib, bundan holat birinchi marta yuz berganini va boshqa takrorlanmasligini rus tilida bayon qildi.

 

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy chora chora ko‘rishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan va jazo tayinlangan.

 

Maʼlumot uchun, Toshkent shahridagi yerosti va yerusti yo‘laklari, avtoturargohlar, barcha toifadagi jamoat joylarida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan hamda IIBBning Yagona Tezkor boshqaruv markaziga integratsiya qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика