1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tuproq degradatsiyasi ekologik muammodan milliy xavfsizlik masalasiga aylanmoqda

“Ona Yer nidosi” hujjatli filmi orqali yer tanazzulining oqibatlari jamoatchilikka yetkazilmoqda.

Tuproq degradatsiyasi ekologik muammodan milliy xavfsizlik masalasiga aylanmoqda

 

Yerlarning degradatsiyaga uchrashi bugun global miqyosdagi eng jiddiy ekologik muammolardan biri sifatida baholanmoqda. Hozirda dunyo quruqlik hududlarining qariyb 40 foizi tanazzulga yuz tutgan bo‘lib, bu holat 3,2 milliard inson hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar tuproq degradatsiyasini nafaqat ekologik, balki ijtimoiy va iqtisodiy xavf sifatida ham ko‘rmoqda.

 

Markaziy Osiyo mintaqasida yer maydonlarining taxminan 37 foizi degradatsiyaga uchragan. O‘zbekistonda esa ushbu ko‘rsatkich 26 foizni tashkil etadi. Bu jarayon asosan tuproq sho‘rlanishi, gumus miqdorining kamayishi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining pasayishi orqali namoyon bo‘lmoqda. Natijada oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq hududlarining barqaror rivojlanishiga tahdid kuchaymoqda.

 

Mazkur muammoning dolzarbligini jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Zamin” fondi ko‘magida “Ona Yer nidosi” hujjatli filmi suratga olindi. Film joriy yil 4-dekabr kuni FAOning Italiyadagi Bosh qarorgohida ilk bor namoyish etildi, shundan so‘ng O‘zbekistonda qator oliy ta’lim muassasalarida taqdimotlar o‘tkazildi.

 

Taqdimotlar doirasida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi talabalar bilan uchrashib, tuproq degradatsiyasining mintaqa oziq-ovqat xavfsizligi uchun naqadar xavfli ekanini ta’kidladi. Bo‘lajak mutaxassislarning fikr va takliflari tinglanib, ekologik muammolarni hal etishda ilmiy yondashuv va yoshlarning faolligi muhim ekani qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика