Axmedov Shuxrat Kurvondurdiyevich Xoraszm viloyatining Tuproqqalʼa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar bermoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, Sh.Kurvondurdiyev bungacha viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Eslatib o‘tamiz, shuningdek, bugun shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Sultanov G‘ayratjon Po‘latovich Urganch tumaniga hokim bo‘ldi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Nazarov Jahongir Baxromovich Bog‘ot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qo‘shko‘pir tumaniga hokim etib tayinlandi.