O‘zbekistonga tashrif buyurgan turkiyalik sayyoh Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi sayohatida poyezd xodimiga 100 ming so‘m (8,20 dollar) qo‘shimcha pul berib joyini almashtirganini aytadi.
"Yonimizga vagon xizmatchisi kelib, maʼlum bir mablag‘ evaziga alohida bir kupe qilib berishini aytdi. Hayotimizda ilk marta pora berdik, do‘stlar. O‘zimni biroz yomon his qildim. Ammo 5-10 daqiqadan so‘ng bergan qo‘shimcha 100 so‘m pulimiz evaziga yaxshi bir kupeda Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan 6 soatlik masofaga go‘zal manzaralarni tomosha qilib yetib keldik”, — deydi xorijlik sayyoh.
Ushbu hodisa qachon va qayerda yuz bergani hozircha nomaʼlum.
Masʼullar vaziyat o‘rganilayotganini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval gollandiyalik sayyoh “Afrosiyob” elektropoyezdning VIP klassiga o‘tish uchun poyezd boshlig‘iga qo‘shimcha 15 dollar pul bergandi. Voqeadan 4 kun o‘tib xodim ishdan olingandi.


