1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkish Airlines bortida yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi

Hodisa sabab samolyot Jazoirga favqulodda qo‘ngan.

Turkish Airlines bortida yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi

 

Istanbuldan Marokashga uchayotgan Turkish Airlines samolyoti bortidagi yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Haber7 xabar berdi.

 

Hodisa sababli samolyot Jazoirga favqulodda qo‘ngan. Xorijlik yo‘lovchi hojatxonaga kirib, ustidan qulflab, uzoq vaqt chiqmagach bu bort kuzatuvchilarini shubhaga solgan. Samolyot xodimlari eshikni buzishga majbur bo‘lgan.

 

Styuardessalar va samolyotda bo‘lgan shifokor hojatxonadan hushsiz holatda olib chiqilgan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Jazoirga majburiy qo‘nishdan so‘ng aeroportga kelgan shifokorlar yo‘lovchining o‘lganini maʼlum qilgan.

 

Bortdagi hodisa o‘z joniga qasd qilish (suitsid) sifatida baholangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика