1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya Afg‘onistonga 25 tonnalik gumanitar yordam yubordi

Yordam tarkibida boshpana materiallari, oziq-ovqat va gigiyena vositalari mavjud.

Turkiya Afg‘onistonga 25 tonnalik gumanitar yordam yubordi

Turkiya hukumati Afg‘onistonda yuz bergan halokatli zilzila oqibatlarini yumshatish maqsadida insonparvarlik yordami yubordi.

 

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, FVV (AFAD) va Turkiya Qizil Yarim Oy jamiyati hamkorligida tayyorlangan 25 tonnadan ortiq gumanitar yuk Kayseridagi Erkilett xalqaro aeroportidan Turkiya harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyot orqali Afg‘onistonga yetkazildi.

 

Yordam tarkibidan vaqtinchalik boshpana uchun materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari hamda zarur anjomlar o‘rin olgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 31-avgustga o‘tar kechasi Afg‘onistonning sharqiy qismida, Kunar viloyatida 6,0 magnitudali kuchli zilzila ro‘y berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 1400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 3100 nafardan ziyod odam jarohatlangan, 5400 dan ortiq uy-joy vayron bo‘lgan. Fojia ortidan Kobul hukumati xalqaro hamjamiyat, jumladan Turkiyadan yordam so‘ragan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика