1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlari to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi

Istanbulda xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlari to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi

 

Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlari bosqichma-bosqich ravishda to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi.

 

Transport vazirligining xabar berishicha, Istanbulda xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xalqaro avtomobil tashuvlarining bugungi holati hamda uni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Tomonlar so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida savdo va avtomobil transportida yuk tashuvlar hajmi ortib borayotganini alohida qayd etib o‘tishdi.

 

Shu munosabat bilan tomonlar bugun savdo-sotiq jarayonlarida kuzatilayotgan global o‘zgarishlardan kelib chiqib, o‘rta yo‘lakni rivojlantirishni hisobga olgan holda xalqaro avtomobil tashuvlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi. 

 

Xususan, yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalari belgilandi. Shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimiga bosqichma-bosqich ravishda to‘liq o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика