1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkiya: Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li ikkinchi turda uchrashadi

Toshkent vaqti bilan 8.00 holatiga saylov blyuttenlarining  98,41 foizi ko‘rib chiqildi.

Turkiya: Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li ikkinchi turda uchrashadi

 

Xabaringiz bor, kecha Turkiyada prezident va parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Prezident saylovida amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdog‘an, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdaro‘g‘li va “Ajdodlar” alyansi nomzodi Sinan Og‘an qatnashdi.

 

Parlament saylovida esa 36 ta partiya qatnashdi. Turkiya va uning chegaralaridan tashqari ovoz berish uchun 191 884ta saylov uchastkasi tashkil qilindi.

 

Kecha mahalliy vaqt bilan 17:00 ga qadar davom etgan saylovning dastlabki natijalari quyidagicha:

 

Toshkent vaqti bilan 8.00 holatiga saylov blyulletenlarining 98,41 foizi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, amaldagi prezident Rajab Toyyib Erog‘an 49,34%, "Muxolifat" koalitsiyasi nomzodi Kamol Qilichdaro‘g‘li 45%, "Ajdodlar" partiyasi nomzodi Sinan Og‘an  5,23 foiz ovoz to‘pladi.

 

Ovozlar soni bo‘yicha:

 

— Erdog‘an — 26 576 075 ta;

— Qilichdaro‘g‘li — 24 238 019 ta;

— Og‘an — 2 815 074 ta ovoz yig‘gan.

 

G‘oliblik uchun saylovchilarning kamida 50% ovozini yig‘ish kerak, agar nomzodlarning hech biri 50 %dan ko‘p ovoz to‘play olmasa, 28 may kuni saylovning ikkinchi turi o‘tkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика