1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Turkiya OAVlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifini yoritmoqda

Davlat rahbarining Turkiyaga tashrifi doirasida Istanbul va Xatay viloyatida muhim tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Turkiya OAVlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifini yoritmoqda

 

Turkiyaning nufuzli ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu mamlakatga bo‘lib o‘tadigan rasmiy tashrifi haqida keng qamrovli materiallar e’lon qildi.

 

Xususan, “Hurriyet”, “Sabah” va boshqa yetakchi nashrlarda tashrifning siyosiy va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlangan.

 

Nashrlarda qayd etilishicha, tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari Istanbul shahrida ochilishi rejalashtirilgan ilk o‘zbek maktabiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, 2023-yilda yuz bergan halokatli zilziladan so‘ng Xatay viloyatida O‘zbekiston ko‘magida barpo etilgan “O‘zbekiston mahallasi”ning tantanali ochilish marosimi ham rejalashtirilgan.

 

Tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning an’anaviy yo‘nalishlari bilan bir qatorda “O‘rta koridor” loyihasini rivojlantirish, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy barqarorlik hamda Turk dunyosining integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

 

Turk nashrlarining baholashicha, mazkur rasmiy tashrif O‘zbekiston–Turkiya strategik sherikligining bugungi darajasini namoyon etish bilan birga, ikki davlat munosabatlarining istiqboldagi rivojiga muhim turtki beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика