1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya o‘lim jazosini qaytarmoqchi

Bu bo‘yicha Prezident Erdog‘an taklif kiritdi.

Turkiya o‘lim jazosini qaytarmoqchi

 

 

Turkiyada 2004-yil qabul qilingan “O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi qaror qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda adliya vaziri Bekir Bozdag‘ ma’lum qildi.

 

Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an joriy haftada sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari haqida gapirib, mamlakatda o‘lim jazosini qaytarish masalasining ko‘targan. Davlat rahbarining fikricha, o‘rmonga o‘t qo‘ygan kishi uchun hukm “dahshatli bo‘lishi” kerak. 


O‘lim jazosi Erdog‘an hukmronliging dastlabki yillarida bekor qilingan. Atayin uyushtirilgan o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng prezident bu bo‘yicha jazoni kuchaytrish kerakligini aytgan.


Eslatib o‘tamiz, 21-iyun kuni Turkiyaning Mamaris va Mug‘la kabi kurort shaharlarida yirik o‘rmon yong‘ini yuz bergandi. Oqibatda 4 ming gektar hududga zarar yetgan.

 

Javohirbek TURSUNOV

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика