Turkiyaning Derinje portidagi elevatorda yuz bergan portlash oqibatida 15 ming tonnaga yaqin g‘alla yo‘q bo‘lgan. Bu haqda Turkiya prezidenti maʼmuriyati maʼlum qildi.
“Derindjedagi port omborlarining umumiy sig‘imi 95 ming tonnani tashkil etadi. Portlash sodir bo‘lgan elevatorda 75 ming tonna don bor edi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy hajmning taxminan 20 foizi (taxminan 15 ming tonnasi) zarar ko‘rgan”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, portdagi 60 ta don omboridan 13 tasi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida 12 kishi tan jarohati oldi, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.
Baxtsiz hodisa sabablarini dastlabki baholash shuni ko‘rsatadiki, portlash don changining yuqori konsentratsiyasi bilan bog‘liq.


