1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya Rossiyani ogohlantirdi

Rossiya harbiylari Qora dengizdagi yuk kemasiga o‘t ochishi ortidan Turkiya Moskvaga ogohlantirish yubordi.

Turkiya Rossiyani ogohlantirdi

 

Rossiya harbiylari 13-avgust kuni Qora dengizda Sukra Okan yuk kemasini to‘xtatish uchun ogohlantirgan o‘t ochishi ortidan Turkiya Moskvaga ogohlantirish yuborib, bundan buyon keskinlashmaslikni so‘ragan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on ma’muriyatining Aloqa bo‘limi qoshidagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi  ma’lum qildi.

 

Ta'kidlanishicha, kema Palau bayrog‘i ostida suzib yurgan, yuk kemasining egasi va ekipaji Turkiya fuqarolari bo‘lgan. 

 

“Rossiya aralashuvidan so‘ng Rossiya Federatsiyasidagi hamkorlarimiz Qora dengizdagi keskinlikning kuchayishiga olib keladigan bunday harakatlardan qochish haqida tegishli ravishda ogohlantirildi”, — deyiladi hisobotda.  

 

Daily Sabah nashrining yozishicha, shu tariqa Erdog‘onning idorasi Anqara voqea yuzasidan ommaviy izoh bermagani haqidagi tanqidlarga javob qaytargan. Markaz Palau hodisaga texnik javob berishi kerakligini aytdi. Markaz, “Sukru Okanning egasi turk bo‘lsa ham, kema Turkiya bayrog‘i ostida suzib yurmaydi”, dedi va bu holatda kema egasining kimligi emas, qaysi bayroq ostida bo‘lganligi muhimroq ekanini qayd etdi.

 

Ma'lumot uchun, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz flotining "Vasiliy Bikov" patrul kemasi Palau bayrog'i ostida Ukrainaning Izmail portiga suzib kelgan quruq yuk kemasini aniqlagani va "tekshiruvni to'xtatish talabiga javob bermagani" haqida xabar bergandi. Vazirlikning ta'kidlashicha, "Rossiya harbiy kemasidan kemaning majburan to'xtatilishi uchun avtomatik o'q otish qurollaridan ogohlantiruvchi o'q ochilgan". Kema to‘xtagach, rus harbiylari yuk kemasiga o‘tirib, tekshiruv o‘tkazgan. 

 

Shundan so'ng, Mudofaa vazirligi kema tekshiruvi aks etgan videoni eʼlon qildi. Tasvirlarda harbiy kiyimdagi erkak palubada turgani, yaqin atrofda odamlar qo‘llarini boshlari orqasida tiz cho‘kib o‘tirganini ko‘rish mumkin. Keyin harbiylar qo'llarida qurol bilan yuk kemasi bo'ylab yurib, boshqaruv xonasiga kirib, dvigatelni to'xtatishni talab qilishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика