Turkiya o‘z hududini tark etayotgan suriyalik qochqinlar uchun 200 mingta uy qurib bermoqchi. Bu haqda mamlakat yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Turkiyada 3.7 million suriyalik qochqin yashaydi. Ularni butun mamlakat "o‘z birodari" deb hisoblaydi.
Bundan oldin Anqara Idlibda suriyaliklar uchun 100 ming uy qurilishini maʼlum qilgandi. Qochqinlar masalasi doimiy ravishda turk hukumati diqqat-markazida turadi. Erdog‘an ularni majburiy ravishda ko‘chirilmasligini taʼkidlagan.
Avvalroq AQSH Suriyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


