Islomoboddagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti(IHT) sammiti yakunida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li birinchi navbatda Tolibon o‘z hukumatining inklyuziv(kutilayotgan yoki talab qilinadigan barcha xizmatlar, vositalar yoki obyektlarni o‘z ichiga olgan yoki qamrab olganlik)ligini taʼminlashi kerakligini aytdi. Ayni paytda, bunday savol hatto kun tartibida ham yo‘q va Tolibon ham buni tushunadi.
Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, bu tavsiyalar IHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarga kiritilgan.
Maʼlumot uchun, tolibon harakati terrorchilik faoliyati uchun haligacha BMT sanksiyalari ostida.
Avvalroq Pokiston poytaxti Islomobod shahrida IHT yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi hamda Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyning “Amerika Ovozi”ga bergan intervyusi haqida xabar berilgandi.
Maftuna Rejabboyeva


