11-yanvar kuni Turkiya, Suriya va Rossiya tashqi ishlar vaziri Moskvada uchrashishi mumkin. Bu xaqda Saudiya Arabistonining Asharq Al-Awsat gazetasiga tayanib TASS xabar berdi.
Uch tomonlama muzokaralarga BAA tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zayd al Nahayyon xam qo‘shilishi mumkin. U 4 yanvarda Damashqqa tashrif buyurgan va Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashgandi.
Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Moskva muzokaralari RF, Suriya va Turkiya prezidentlari uchrashuviga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. BAA bunday uchrashuv uchun platforma taklif qilgan.
Bundan oldin Suriya va Turkiya mudofaa vazirlari Moskvada uchrashgan edi. Ekspertlar Rossiya vositachiligida ikki davlat munosabatlari normallashishini taxmin qilmoqda.


