Turkiya Tojikiston bilan chegaralar xavfsizligini saqlash bo‘yicha tajribasi bilan bo‘lishishga tayyorligini maʼlum qildi.
Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar tojikistonlik hamkasbi Sherali Mirzo bilan uchrashuvda aytgan. Shuningdek, tomonlar harbiy tayyorgarlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish zaruratini qayd etgan.
Uchrashuv yakunida Tojikiston va Turkiya o‘rtasida harbiy kelishuv imzolangan.
Avvalroq Iroq TIV Turkiyaning Iroq hududidagi harbiy operatsiyasiga qarshilik bildirgandi.


