1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada 30 ta mashina avariyaga uchradi

Hodisaga tuman va muz sabab bo‘lgan.

Turkiyada 30 ta mashina avariyaga uchradi

Turkiyaning Van shahrida 30 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida “TRT Haber” telekanali xabar berdi.

 

Fojia ertalab Van-Ersish trassasida sodir bo‘lgan. Avtohalokatga qalin tuman va muz sabab bo‘lgan.

 

To‘qnashuv oqibatida 50 dan ortiq kishi tan jarohati olgan, bir kishi esa vafot etgan. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan: ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir.

 

Avvalroq, 7 dekabr kuni Turkiya sharqida 23 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan edi. O‘shanda 30 dan ortiq odam jarohatlangan

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика