Turkiyada bir litr yonilg‘i deyarli 40 liraga yetdi. Uch oy oldin uning narxi uning yarmiga teng edi. Buning sababi - dollar va neft narxining o‘zgarishi.
Natijada mamlakatda jamoat transporti va taksilar narxi qimmatlashgan. Ayni paytda Anqara inflyasiyaga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida. Yangi chora-tadbirlar rejasi sentyabr oyida taqdim etiladi. Mahalliy aholi narxlar ko‘tarilganidam shikoyat qilmoqda.
“Daromadimizning bir qismini transportga sarflaymiz. Dollar qiymatining oshishi barcha tovarlar narxining oshishiga olib keldi. Mashinalarning ayrim ehtiyot qismlari bir-ikki kun ichida 30-40 foizga qimmatlashdi. Bularning barchasi bizning hayotimizga bevosita ta’sir qiladi”, - deydi fuqaro Hakan Emar.


