Bugun, 28-yanvar kuni Turkiya poytaxti Istanbulda nomaʼlum ikki kishi Santa-Mariya cherkoviga kelayotganlarga qarata o‘t ochgan.
O‘sha paytda cherkov yaqinida 50 ga yaqin odam bo‘lgani aytilmoqda. Bir kishi halok bo‘lgan.
Hozirda keng ko‘lamli tergov boshlangan va hujumchilarni qo‘lga olish ishlari olib borilmoqda.
Prezident Erdo‘g‘on cherkovga uyushtirilgan hujum gumondorlari qidirilayotganini va ular yaqin orada qo‘lga olinishini aytdi.


