1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Turkiyada eng qadimgi quyosh taqvimi topildi

Unda kichik muzlik davriga ishora qiluvchi maʼlumotlar bor.

Turkiyada eng qadimgi quyosh taqvimi topildi

Edinburg universiteti olimlari Turkiyada dunyodagi eng qadimgi quyosh taqvimi deya taxmin qilingan arxeologik joyni topdi. U yerda 12 ming yil oldin kometa qulashi haqidagi qoyatosh yozuvlari ham bor.

 

Kometa zarbasi 1200 yildan ortiq vaqt davom etgan va ko‘plab yirik hayvonlarni yo‘q qilgan kichik muzlik davrini boshlagan deb taxmin qilinmoqda.

 

Jamoa kashfiyotni Maʼbad majmuasi joylashgan Turkiyaning janubida olib borilayotgan qazishma paytida aniqlagan. Ustunlardagi talqin tadqiqotchilarga 365 kunlik quyosh taqvimini hisoblash imkonini berdi.

 

Rasmlarda oy va quyoshning noodatiy tasvirlangani taqvimning qadimiy ekanligidan dalolat beradi. U boshqa taqvimlardan ming yillar oldinroq paydo bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика