Turkiyada Germaniyadan kelgan to‘rt kishilik oila ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Turkiyada Germaniyadan kelgan to‘rt kishilik oila ovqatdan zaharlanib vafot etdi

 

Turkiyada sayohatda bo‘lgan Germaniya fuqarolari — to‘rt kishilik bir oilaning zaharlanish oqibatida halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Mahalliy va xalqaro OAV xabarlariga ko‘ra, Istanbulga safar qilgan Bojeklar oilasi oziq-ovqatdan zaharlanishdan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rilgan tibbiy yordamga qaramay, ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hamburg shahridan 9-noyabr kuni Istanbulga kelgan Sarvat Bojek (32 yosh), uning turmush o‘rtog‘i Chig‘dam Bojek (27 yosh) hamda farzandlari — 6 yoshli Muhammad va 3 yoshli Masal Bojeklar “Harbour Suites Old City” mehmonxonasiga joylashgan.

 

11-noyabr kuni oilaning Ortako‘y mavzesida ko‘cha taomlari — midiya, kolbasa, sho‘rva, tovuq go‘shti va boshqa taomlarni iste’mol qilganidan so‘ng ularning ahvoli yomonlashgan. Ular zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan va birlamchi yordamdan so‘ng uylariga qaytarilgan. Biroq, mehmonxonaga qaytgach, ularning ahvoli yana og‘irlashgani sababli qayta shifoxonaga yotqizilgan.

 

12-noyabr kuni ikki nafar farzandning hayoti saqlab qolib bo‘lmagani, keyinchalik, 14-noyabr kuni onaning, oradan ko‘p o‘tmay esa otaning ham vafot etgani qayd etildi.

 

Mazkur fojia yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика